Institutda “Talabalar qasamyodi” shou tadbiri boʻlib oʻtdi
Institutda “Talabalar qasamyodi” shou tadbiri boʻlib oʻtdi Shou tadbir Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida anʼanaviy “Talabalar qasamyodi” shou tadbiri institut faollar zalida bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori T.Z. Sultanov ochib berib, 1-bosqich talabalari uchun samimiy tabrik so‘zlarini yo‘lladi. U o‘z nutqida yoshlarga ilm yo‘lida muvaffaqiyatlar tilab, ularni faollikka va intiluvchanlikka chorlab o‘tdi. Tadbir davomida talabalarga ramziy kalit hamda talabalik guvohnomasi topshirildi. Shuningdek, sahnada ijodiy chiqishlar, musiqiy dasturlar va qiziqarli shoular namoyish etilib, yangi talabalarga unutilmas taassurotlar ulashildi. 📍 “Talabalar qasamyodi” shou tadbiri institut hayotida muhim voqea bo‘lib, yoshlarning oliy ta’lim sari ilk qadamini ramziy tarzda nishonlashga xizmat qildi.
Institutda “Talabalar qasamyodi” shou tadbiri boʻlib oʻtdi
Shou tadbir
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida anʼanaviy “Talabalar qasamyodi” shou tadbiri institut faollar zalida bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori T.Z. Sultanov ochib berib, 1-bosqich talabalari uchun samimiy tabrik so‘zlarini yo‘lladi. U o‘z nutqida yoshlarga ilm yo‘lida muvaffaqiyatlar tilab, ularni faollikka va intiluvchanlikka chorlab o‘tdi. Tadbir davomida talabalarga ramziy kalit hamda talabalik guvohnomasi topshirildi. Shuningdek, sahnada ijodiy chiqishlar, musiqiy dasturlar va qiziqarli shoular namoyish etilib, yangi talabalarga unutilmas taassurotlar ulashildi. 📍 “Talabalar qasamyodi” shou tadbiri institut hayotida muhim voqea bo‘lib, yoshlarning oliy ta’lim sari ilk qadamini ramziy tarzda nishonlashga xizmat qildi.