WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
03 SentabrSentabrSentabr 2026 29 ko'rishlar

O‘zbekiston–Yaponiya markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Buxoro davlat texnika universitetida xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi!

Buxoro davlat texnika universitetida O‘zbekiston–Yaponiya Markazi tashkil etildi

Buxoro davlat texnika universitetida O‘zbekiston–Yaponiya Markazi tashkil etilib, uning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur markazning tashkil etilishi O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan, innovatsiya hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, yoshlar uchun xalqaro tajriba almashish va yangi imkoniyatlarni kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi.

Tantanali ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova, Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kenji Hirata, Yaponiya elchixonasi maslahatchisi Kuria Tsutaki, JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Mamoru Sakai, JICA loyiha ishlab chiqish bo‘yicha konsultanti Naomi Abe, O‘zbekiston–Yaponiya Markazi hamdirektorlari Hiroo Iwazaki va Alisher Azizovich Paygamov, markaz koordinatori va JICA vakili Heizo Nakamura, O‘zbekiston–Yaponiya Markazi milliy koordinatori Ulug‘bek Ahmadovich Azamov, Tsukuba universiteti professori Wakana Yamaguchi, yapon tili professori Shoko Takada, O‘zbekiston–Yaponiya Markazining Buxoro shahar vakolatxonasi direktori Shaxruh Kamolovich Mahmudov hamda boshqa mehmonlar ishtirok etdi.

Markaz faoliyati orqali yoshlarning yapon tilini o‘rganishi, Yaponiya madaniyati bilan yaqindan tanishishi, xalqaro tajriba almashishi, ilmiy va innovatsion loyihalarda ishtirok etishi, shuningdek, ta’lim va kasbiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlardan foydalanishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

O‘zbekiston–Yaponiya Markazi Buxoro davlat texnika universitetida xalqaro hamkorlik, ta’lim va madaniy almashinuvning yangi platformasi sifatida faoliyat yuritib, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Buxoro viloyati hokimi bilan uchrashuv

Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kenji Hirata Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov bilan uchrashdi.

Muloqot davomida bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish hamda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningﺝdek, Yaponiya delegatsiyasiga Buxoro viloyati hokimligining yangi binosi faoliyati va imkoniyatlari tanishtirildi.

Buxoroning qadimiy tarixi Yaponiya mehmonlarida katta taassurot qoldirdi

Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kenji Hirata boshchiligidagi delegatsiya uchun qadimiy Buxoroning tarixiy va madaniy maskanlari bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

Tashrif davomida mehmonlar Buxoroning asrlar davomida shakllangan betakror tarixiy muhitini yaqindan his etib, shaharning mashhur me’moriy obidalari bilan tanishdilar. Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim ilm-fan, ta’lim, hunarmandchilik va savdo markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi mehmonlarda alohida qiziqish uyg‘otdi.

Sayohat davomida mehmonlar milliy hunarmandchilik namunalari, an’anaviy bezak san’ati va qadimiy me’morchilikning o‘ziga xos jihatlari bilan ham tanishdilar. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, madaniy muloqot va o‘zaro hamkorlikning yangi sahifalari aynan mana shunday uchrashuv va tashriflar orqali yanada mustahkamlanmoqda. 

Boshqa yangiliklar