08 MayMayMay 2024
49 ko'rishlar
“Ma’rifat ulashib” karvoni QDPIda
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ayni kunlarda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari va umumta’lim maktablarining o‘quvchilarini kitob mutolaasiga jalb qilish, ularning badiiy savodxonligini oshirish maqsadida “Ma’rifat ulashib” loyihasi o‘tkazilmoqda.
Loyiha doirasida Qo‘qon davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Minhojiddin Hojimatov, Bahodir Iso hamda O‘ktamxon Soliyevalar bilan adabiy uchrashuv o‘tkazilmoqda.
Kunning birinchi yarmida adiblar guruhi dastlab institut bilan yaqindan tanishib, uning o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi va ko‘chatlar ekishdi.