WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
31 YanvarYanvarYanvar 2026 32 ko'rishlar

Kembrij universitetida o‘tkazilgan seminar xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qildi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 25–31-yanvar kunlari Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida Markaziy Osiyo oliy ta’lim muassasalari rahbarlari uchun xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur seminar doirasida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinmoqda. Xususan, seminar doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Yuldashev Maksudjan Abdullayevich Qozog‘istondagi K. Jubanov nomidagi Oqto‘be mintaqaviy universiteti hamda Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek musiqa-pedagogika instituti rektorlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi. Ushbu xalqaro seminar Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, akademik aloqalarni kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Boshqa yangiliklar