WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 IyulIyulIyul 2026 18 ko'rishlar

“Yangi O‘zbekiston” universitetida Janubiy Koreyaning DGIST universiteti bilan xalqaro IT Summer School boshlandi

“Yangi O‘zbekiston” universitetida Janubiy Koreyaning Daegu Gyeongbuk Institute of Science and Technology (DGIST) universitetidan tashrif buyurgan 11 nafar talaba ishtirokida ikkinchi xalqaro IT Summer School dasturiga start berildi.

Dastur davomida O‘zbekistonning turli hududlaridan saralab olingan yoshlar dasturlash, sun’iy intellekt, grafik dizayn va boshqa zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
 

IT Summer School nafaqat texnologik bilimlarni rivojlantirish, balki O‘zbekiston va Janubiy Koreya yoshlari o‘rtasida tajriba almashish, madaniy muloqotni mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.



Ma’lumot uchun, DGIST Janubiy Koreyaning yetakchi ilmiy-tadqiqot universitetlaridan biri bo‘lib, QS World University Rankings 2026 reytingida dunyoning 370-o‘rnini egallagan.

“Yangi O‘zbekiston” universiteti xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda yoshlar uchun global ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.

Boshqa yangiliklar