29 OktabrOktabrOktabr 2025
19 ko'rishlar
Talabalar so‘rovnomasi natijalari professor-o‘qituvchilar bilan muhokama qilindi
Qoʻqon davlat universitetida taʼlim jarayonlarini yanada samarali tashkil etish va taʼlim sifatini oshirish maqsadida talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan anonim soʻrovnoma natijalari Pedagogika fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda tahlil qilindi.
Tahlil jarayonida Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi rahbari R. Anorov, Pedagogika fakulteti dekani, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Seminar davomida yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, ta’lim sifatini oshirish hamda talabalarni dars jarayonlariga to‘liq jalb etish masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida bu yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.