WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
13 SentabrSentabrSentabr 2024 60 ko'rishlar

Institut rektori yangi o‘quv yilining ilk kunida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashdi.

Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori Dilnoza Xodjayeva yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan fakultetlarda bo‘lib, o‘quv jarayonlarining borishi, yaratilgan sharoitlar, professor-o‘qituvchilar va talabalarning kayfiyati, yoshlarning ezgu maqsad-rejalari bilan qiziqdi, ularning quvonchiga sherik bo‘ldi.

Rektor yoshlar bilan dildan suhbatlashib, ularni jamiyatning ilg‘or qatlamlari qatoridan o‘rin egallash sari undadi. Buning uchun esa birinchi navbatda aniq maqsad bo‘lishi va maqsadga erishish uchun esa to‘g‘ri yo‘l, o‘qish, izlanish kerakligi bo‘yicha tavsiyalar berdi. Birinchi bosqich talabalarini samimiy qutlab, o‘qish va ilmiy faoliyatlariga omadlar tiladi.

Boshqa yangiliklar