17 MartMartMart 2026
9 ko'rishlar
JDPU rektori “Ziyokor” qizlar va o‘g‘il bolalar basketbol jamoasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda musobaqalar jarayonidagi reyting nazoratlari, jamoaning so‘nggi natijalari va har bir o‘yinchining o‘yin faoliyati tahlil qilindi.
Universitetda basketbol sport turi bo‘yicha alohida yo‘nalish ochish, mashg‘ulotlarni takomillashtirish, xorijlik murabbiylarni jalb etish hamda kollej o‘quvchilari orasidan kelajak basketbolchilarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Talabalar va murabbiylarning fikr-mulohazalari eshitilib, Oliy liga, Prezident olimpiadasi va Talabalar ligasi musobaqalarida yuqori natijalarga erishish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar bildirildi.