WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
27 MayMayMay 2024 40 ko'rishlar

REKTOR DOKTORANTLAR BILAN UCHRASHDI.

Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori Dilnoza Xodjayeva institut tayanch doktorantlari (PhD) va doktorantlar (DSc), mustaqil izlanuvchilari bilan uchrashib, samimiy muloqot qildi.

Muloqotda tadqiqotchilarning olib borayotgan ishlari reja asosida qaysi jarayonga yetganligi bilan tanishilib, ilmiy rahbarlar bilan faol ishlash, nufuzli xalqaro jurnallarda maqolalar e’lon qilish, dissertatsiya himoyalarini imkon qadar tezroq yakuniga yetkazish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berildi.

Dissertatsiya mavzularining respublikada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi, ilmiy nashr ishlari, tajriba-sinov jarayonlarining tashkil etilishi, ilmiy seminarlarga oid muhim masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari institut rektori Dilnoza Xodjayeva tadqiqotchilarga yaratiladigan shart-sharoitlar, ularni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan qiziqdi. Tadqiqotchilarni qiynayotgan muammolar, takliflarni tingladi. Ularni yechimi bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha va batafsil javob oldilar.

Boshqa yangiliklar