WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
17 AprelAprelAprel 2026 102 ko'rishlar

“Osh sayli” festivali ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

Qo‘qon davlat universiteti Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish va talabalar vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Osh sayli” festivali bo‘lib o‘tdi.

Festival davomida osh tayyorlash bo‘yicha qiziqarli bellashuv tashkil etilib, talabalar o‘z mahorati va ijodkorligini namoyon etdi.

Natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin – Kimyo yo‘nalishi

2-o‘rin – Menejment yo‘nalishi

3-o‘rin – Geografiya va Biologiya yo‘nalishlari

Shuningdek, 44 nafar faol va iqtidorli talabalar ham taqdirlandi. Tadbir yakunida g‘oliblar va ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Boshqa yangiliklar