WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
08 MayMayMay 2025 264 ko'rishlar

"Astro kuzatuvchilar" toʻgaragida Oy fazalari kuzatildi.

Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar fakulteti Fizika-astronomiya kafedrasi tomonidan tashkil etilgan "Astro kuzatuvchilar" toʻgaragi doirasida navbatdagi amaliy kuzatuv ishlari olib borildi.

Talabalar professional teleskop yordamida Oy fazalarining kechishini bevosita kuzatishdi va teleskop orqali olingan noyob tasvirlarni saqlab olishga ham muvaffaq bo‘lishdi. Bu kuzatuvlar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamladi, balki ularni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qildi.

To‘garak faoliyati yoshlarning astronomiyaga qiziqishini oshirish, ilmiy fikrlash va koinot sirlarini o‘rganishga bo‘lgan intilishini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Boshqa yangiliklar