18 IyulIyulIyul 2025
72 ko'rishlar
“Bir yurak – bir jamiyat” festivali — yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat va motivatsiya bag‘ishladi!
Joriy yilning 17-iyul kuni Qo‘qon shahridagi “Yoshlar” bog‘ida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Bir yurak – bir jamiyat” festivali va gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Festivalda Qo‘qon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari, Qo‘qon shahar Madaniyat bo‘limi jamoasi faol ishtirok etib, sahna chiqishlari, badiiy ko‘rinishlar va musiqiy dasturlar orqali yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbir davomida qiziqarli viktorinalar, musobaqalar o‘tkazilib, faol yoshlar kitoblar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, festival jarayonida faolligini namoyon etgan bir guruh ishtirokchilarga Qo‘qon shahar hokimligi nomidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.