WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
13 MartMartMart 2026 5 ko'rishlar

TISU olimlarining Scopus bazasidagi maqolalari soni 500 dan oshdi

TISU olimlarining Scopus bazasidagi maqolalari soni 500 dan oshdi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro ilmiy jurnallarda olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida Scopus ma’lumotlar bazasida indekslangan ilmiy maqolalar soni 500 tadan oshdi. Bu ko‘rsatkich universitetda ilmiy-tadqiqot faoliyatining izchil rivojlanib borayotganini hamda xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan hamkorlik kengayib borayotganini ko‘rsatadi.

 

Tahlillarga ko‘ra, universitet olimlarining ilmiy ishlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs) bilan chambarchas bog‘liq. Eng ko‘p tadqiqotlar 8-maqsad – munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish (81 ta maqola), 17-maqsad – hamkorlikni rivojlantirish (80 ta maqola), 9-maqsad – sanoat, innovatsiya va infratuzilma (75 ta maqola) hamda 7-maqsad – arzon va toza energiya (61 ta maqola) yo‘nalishlarida amalga oshirilgan. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi (53 ta), mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish (52 ta) hamda sog‘liq va farovonlik (44 ta) kabi global muammolarga bag‘ishlangan tadqiqotlar ham muhim o‘rin egallaydi.

 

Scopus bazasidagi maqolalar turli ilmiy yo‘nalishlarni qamrab oladi. Eng yuqori ulush Environmental Science (117 ta), Computer Science (116 ta), Engineering (115 ta), Medicine (86 ta) va Business, Management and Accounting (75 ta) sohalariga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, Agricultural and Biological Sciences (67 ta), Biochemistry, Genetics and Molecular Biology (65 ta) hamda Economics, Econometrics and Finance (60 ta) yo‘nalishlarida ham salmoqli ilmiy natijalar qayd etilgan.

Boshqa yangiliklar