07 NoyabrNoyabrNoyabr 2025
69 ko'rishlar
Do‘stlik va hamkorlik sari navbatdagi qadam
Qo‘qon davlat universitetiga Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad — oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, o‘qitish jarayonidagi ilg‘or tajribalarni o‘rtoqlashish va yangi loyihalarni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qilishdan iborat.
Mehmonlar Gumanitar fanlar va tillar fakulteti Tarix kafedrasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.
Tashrif ikki oliygoh o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash va ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.