WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
30 AprelAprelAprel 2024 52 ko'rishlar

Navbatdagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

“Globallashuv jarayonida psixologiya sohasidagi muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani institut prorektori Nurbek Jo‘rayev kirish so‘zi bilan ochib berdi va institut rektori Dilnoza Xodjayevaning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik so‘zini o‘qib eshittirdi.

Onlayn va oflayn formatda o‘tkazilgan anjumanda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Ukrainaning yetakchi olimlari tomonidan psixologiya sohasidagi dolzarb muammo va yechimlar muhokama qilindi. 

Ijtimoiy munosabatlarda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikning psixologik jihatlari, maxsus ta’lim muassasalaridagi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga amal qilishga oid malakalarni shakllantirish, globallashuv sharoitida shaxs rivojlanishiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va ularning yechimlari, global axborot tahdidlarida qadriyatlarni o‘smir yoshidagi bolalarda shakllantirishning psixologik jihatlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglangdi.

Yakunda, kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi va konferensiya materiallarini to‘plam shaklida chop etishga kelishib olindi.
 

Boshqa yangiliklar