WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
26 MayMayMay 2025 108 ko'rishlar

Qo‘qon davlat universiteti jamoasiga yangi rektor tanishtirildi

Qo‘qon davlat universitetida yangi rektorni tanishtirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tashkiliy yig‘ilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, hukumat qaroriga asosan universitet rektori lavozimiga tayinlangan Dilnoza Xodjayevani jamoaga tanishtirdi.

Tadbirda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi vakillari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, prorektorlar, shuningdek, universitetning professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar Dilnoza Xodjayevaning ilm-fan sohasidagi boy tajribasi, fidokorona mehnati va tashkilotchilik salohiyatini yuksak baholab, yangi mas’uliyatli lavozimida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Universitet jamoasi esa yangi rahbariyat bilan birgalikda ta’lim sifatini yanada oshirish, ilmiy salohiyatni kuchaytirish va yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish yo‘lida yelkama-yelka ishlashga tayyor ekanini bildirib o‘tdi.

Boshqa yangiliklar