WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
06 NoyabrNoyabrNoyabr 2025 65 ko'rishlar

O‘zbek adabiyotining buyuk siymosi xotirlandi

Qoʻqon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakultetida o‘zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ adib, shoir, olim va jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlodni o‘zbek adabiyotining boy merosi bilan yaqindan tanishtirish, Oybek kabi buyuk ijodkorlarning milliy ong va madaniyat rivojidagi o‘rni haqida chuqur tushuncha berishdan iborat bo‘ldi.

Suhbat davomida adibning hayoti, ijodiy merosi hamda o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan beqiyos xizmatlari xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir ishtirokchilari Oybek asarlarining badiiy qudrati, insoniy fazilatlarni ulug‘lovchi g‘oyalari bugungi yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
 

Boshqa yangiliklar