WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
30 SentabrSentabrSentabr 2024 21 ko'rishlar

Janubiy Koreya kompaniyasi menejeri institut tomonidan taqdirlandi

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bo'lib o'tgan "O'qituvchi va murabbiylar kuni" bayram dasturida hamkorlik kelishuviga ko'ra Buxoroda bepul tibbiy ko'rik o'tkazayotgan Janubiy Koreyaning KOMSTA kompaniyasi menejeri ham taklif etildi.

 

Ta'kidlash joizki, mazkur kompaniya xalq tabobati yo'nalishida faoliyat yuritib, har yili ikki-uch marotaba Buxoroda bemorlarni bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazib dori-darmonlar berib keladi.
 
Shu kunlarda ham KOMSTAning malakali mutaxassislari institut klinikasida fuqarolarni qabul qilmoqda. 

Bugun institut rektori Shuhrat Teshayev ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kuchaytirish va yangi bosqichga olib chiqish maqsadida kompaniya menejeri  Li  Sun Gun bilan shartnoma imzoladi. 

Unga muvofiq institut professor-o'qituvchilari Janubiy Koreyada malaka oshirib qaytish imkoniga ega bo'lishadi. 

Shu bilan birga tadbirda dr. Li Su Gun janoblariga "Abu ALi ibn Sino" ko'krak nishoni topshirildi.

Boshqa yangiliklar