03 DekabrDekabrDekabr 2025
108 ko'rishlar
"QDU" jamoasi 1-turda ishonchli g‘alaba qozondi
“1-liga o‘tish turniri”ning "D" guruhi doirasidagi 1-tur uchrashuvi yakunlandi. Qoʻqon davlat universitetining “QDU” va Jizzax davlat pedagogika universitetining “JDPU” jamoalari oʻrtasida kechgan o‘zaro bahsda darvozalarga jami 6ta gol kiritildi.
Keskin kurashlarga boy o‘tgan o‘yinda Qo‘qon davlat universiteti jamoasi o‘z ustunligini namoyon etib, raqibini 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur g‘alaba jamoa uchun turnirdagi muvaffaqiyatli start bo‘ldi. "QDU" ertaga Samarqand viloyatining “Kattaqo‘rg‘on” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.