17 SentabrSentabrSentabr 2024
43 ko'rishlar
QDPIda “Xon atlas” festivali oʻtkazildi
Qoʻqon davlat pedagogika institutida xalqimizning milliy qadriyatlarini targʻib etish, urf-odat, anʼanalarimizga hurmat va ehtiromni yanada oshirish maqsadida “Xon atlas” festivalini oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylangan. 9-14-sentyabr kunlari oʻtkazilishi eʼlon qilingan navbatdagi festival QDPIda ham oʻzgacha kayfiyatda tashkil etildi.
Ayni kunlarda institutda mehnat qilayotgan pedagog xotin-qizlar hamda talabalar oʻz milliy liboslarida xalqimizning qadim oʻtmishi, urf-odatlari, estetik qarashlarini keng ommaga namoyish etmoqda.
Festival doirasida xon atlasning kelib chiqish tarixi va shakllanish bosqichlari, shuningdek, ushbu milliy matoni ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayni haqidagi qiziqarli maʼlumotlar ham taqdim etilmoqda.