06 NoyabrNoyabrNoyabr 2025
69 ko'rishlar
Ranglar va orzular uyg‘unligi
Qo‘qon davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida talabalarning ichki olami va badiiy mahoratini namoyon etadigan “Ranglardagi orzu” nomli rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari ranglar orqali tabiat va inson uyg‘unligini, qalblardagi nozik tuyg‘ularni ifoda etishga intildilar.
“Ranglardagi orzu” — bu tanlov nafaqat talabalarning badiiy mahoratini namoyon etish, balki ularning ichki olamiga sayohatdir. Har bir rang, har bir chiziq, har bir detal — talabaning orzulari, fikrlari va ruhiy dunyosining ovozini aks ettirdi.