WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
10 IyunIyunIyun 2026 11 ko'rishlar

O‘zbekiston va Ispaniya OTMlari rektorlarining birinchi forumi o‘z ishini boshladi

Madrid shahrida O‘zbekiston va Ispaniya rektorlari forumi boshlandi. Unda UrDU rektori Feruza Madrahimova boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Bugun, 10-iyun kuni Ispaniya Qirolligining Madrid shahrida O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi o‘z ishini boshladi. Mazkur nufuzli tadbir Madrid va Barselona shaharlarida o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, unda mamlakatimizdan 30 nafarga yaqin rektorlar, jumladan, Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova ishtirok etmoqda. Forum doirasida Ispaniya universitetlari bilan yangi qo‘shma loyihalar, akademik va ilmiy dasturlarni yo‘lga qo‘yish, qisqa muddatli stajirovkalar, o‘zaro ma’ruza va mahorat darslarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishish ko‘zda tutilgan.

Boshqa yangiliklar