16 IyunIyunIyun 2025
104 ko'rishlar
Umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyalari boshlandi
Bugun Qo‘qon davlat universitetida bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida tahsil olayotgan bitiruvchi talabalarning yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlariga rasman start berildi.
Bu yil universitetning 3836 nafar (kunduzgi 2004, sirtqi 1832) talaba yoshlari bitiruvchi sifatida yakuniy davlat attestatsiyalariga kirishadi. Jarayonlar ochiq va shaffofligini ta’minlash maqsadida ochiq ovozli rejimdagi video-kuzatuv kameralari orqali nazorat qilib borilmoqda.
Imtihonlar belgilangan tartibda, qat’iy nazorat ostida o‘tmoqda. Bu esa shaffoflik va adolatni ta’minlashga xizmat qiladi. Yakuniy attestatsiya jarayonlari 2025-yil 23-iyunga qadar davom etadi.