WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
16 MayMayMay 2024 54 ko'rishlar

Vazir o‘rinbosari Qoraqalpoq davlat universitetida yangidan bunyod etilayotgan talabalar turarjoyi qurilishini ko‘zdan kechirdi

Bugun 16-may kuni Oliy talim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lgan xizmat safarida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘lib, bu yerda yangidan bunyod etilayotgan talabalar turar joyi qurilishini ko‘zdan kechirdi.

Dastlab vazir o‘rinbosari hozirda qurilish ishlari davom etayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishib, bu yerda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ovqatlanish, shuningdek, boshqa sharoitlarni yaratish doirasidagi ishlar bo‘yicha universitet rektori A.Reymov va boshqa masʼullar bilan suhbatlashib, tegishli topshiriqlarni berdi.  Bundan keyin, S.Buzrukxonov qurilishni belgilangan vaqtda sifatli yakunlash bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatmalar berdi.

Boshqa yangiliklar