Ochiq dars ingliz tilida olib borildi
Ochiq dars ingliz tilida olib borildi
Bugunning ahamiyatli talablarining biri chet tillarini chuqur o‘rganish, til bilish darajasini belgilaydigan sertifikatga ega talabalarga barcha fanlarni chet tilida olib borish masalasi ahamiyatli hisoblanadi. Shu maqsadda Nukus konchilik instituti “Ijtimoiy va gumanitar fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan darslarni ingliz tilda olib borish masalasiga katta e’tibor qaratdi.
Kafedraning katta o‘qituvchisi G.Dauletnazarova O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan 1-kurs Ekologiya va atrof muhit muhofazasi yo‘nalishi guruhiga “Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy turmush” mavzusida ochiq darsini ingliz tilida olib bordi. Bunday ochiq darslar kafedrada ilk marotaba tashkil etilib, keyingi vaqtlarda boshqa da fanlarning chet tillarida olib borishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunning talabasi: “XXI asr pedagogi o‘z mutaxassislik fanlarini chet tilida olib bora oladigan bo‘lishi kerak”, – deb ta’kidlaydi.