Liberes universiteti delegatsiyasi Qo‘qon davlat universiteti bo‘limlari faoliyati bilan tanishdi
Qo‘qon davlat universitetiga tashrif buyurgan Chexiya Respublikasining Liberes universiteti delegatsiyasi universitetning Registrator ofisi hamda Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mehmonlarga mazkur bo‘limlarning vazifalari, ularning ta’lim jarayonini raqamlashtirish, talabalar ma’lumotlar bazasini samarali yuritish, o‘quv jarayonini boshqarish va xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Delegatsiya a’zolari raqamli boshqaruv tizimi, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan talabalarga xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini yuqori baholadilar. Tomonlar qo‘shma dasturlarni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish va ta’lim sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish borasida kelishib oldilar.