WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
15 IyunIyunIyun 2026 11 ko'rishlar

Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi muvaffaqiyatli davom etmoqda

Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi muvaffaqiyatli davom etmoqda

"UzKabel" QKda “Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar” kafedrasining “60710100 - Kimyoviy texnologiya (yuqori molekulali birikmalar)” hamda “60710100 - Kimyoviy texnologiya (rezina-texnika buyumlar)” taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Himoya yakunlariga ko‘ra, barcha bitiruvchilarning ishlari Davlat Attestatsiya Komissiyasi tomonidan ijobiy baholanib, ularning nazariy bilimlari, ilmiy izlanishlari va amaliy ko‘nikmalari munosib e’tirof etildi.

Himoya jarayonlarida Davlat Attestatsiya Komissiyasi a’zolari bilan bir qatorda "UzKabel" QK bosh direktori hamda ishlab chiqarish bo'limi muhandislari bevosita ishtirok etib, bitiruvchilarning ilmiy-amaliy ishlari va taqdimotlariga xolis baho berdilar.

Mazkur himoyalar bitiruvchilarning kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlari uchun mustahkam zamin yaratib, ta’lim jarayonida egallangan bilim va ko‘nikmalarning amaliy natijasini yana bir bor namoyon etdi.

Bitiruvchilarimizga kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

freefreefreefree

Boshqa yangiliklar