“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” davom etmoqda
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan hozirgi davrda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishda beparvolik yoki qasddan sodir etilayotgan turli kiberxavflarga qarshi kurashish, ularning oldini olish va kutilmagan tahdidlardan himoyalanish bugungi kun talabi hisoblanadi.
Shu maqsadda “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida Qo‘qon davlat universiteti profilaktika inspektorlari tomonidan talabalar o‘rtasida keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Mazkur tadbirlar talabalarni internetdan ongli foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, kiberjinoyatchilikning oldini olishga oid bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirishga xizmat qilmoqda.