25 AprelAprelAprel 2024
13 ko'rishlar
XORIJIY OTMLAR VA HAMKOR TASHKILOTLAR VAKILLARI ISHTIROKIDA ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI
XORIJIY OTMLAR VA HAMKOR TASHKILOTLAR VAKILLARI ISHTIROKIDA ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI
Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida Xorijiy filologiya fakulteti Fransuz filologiyasi hamda Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedralari hamkorligida “Zamonaviy filologik paradigmalar: an'analar va innovatsion yondashuvlarning o'zaro ta'siri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Bir necha tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur konferensiyada Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, Frantsiya, Germaniya, Ispaniya, Mal’ta hamda Portugaliya oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar ishtirok etdi.





