WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
26 NoyabrNoyabrNoyabr 2025 101 ko'rishlar

Korrupsiyaga qarshi “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi o‘tkazildi

Qoʻqon davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov yoshlarning korrupsiyaga qarshi mafkurasini mustahkamlash, ularni halollik va adolat tamoyillariga sodiq bo‘lishga undash, shuningdek, ijodkor talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi. Talabalar o‘z ijodiy ishlari orqali korrupsiyaning zararli oqibatlari hamda halollikning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida o‘z qarashlarini ifoda etdilar.

Tanlovda ishtirok etgan ijodkorlar orasidan g‘oliblar saralanib, joriy hafta davomida e’lon qilinadi.
 

Boshqa yangiliklar