WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
08 IyulIyulIyul 2026 14 ko'rishlar

Toshkent davlat yuridik universiteti va Nagoya iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi qo‘shma ta’lim dasturi uchun qabul kvotasi oshiriladi

Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti delegatsiyasi Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

     Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari va qo‘shma ta’lim dasturlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

      Muzokaralar davomida qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha qabul kvotasini 50 nafargacha oshirish, talabalarning yapon tilini chuqur o‘zlashtirishiga qaratilgan qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqish, Yaponiyadan malakali professor-o‘qituvchilar va xorijiy mutaxassislarni ta’lim jarayoniga kengroq jalb etish, qo‘shma ta’lim dasturi talabalari uchun Nagoya shahrida yozgi maktab (Summer School) tashkil etishga kelishib olindi.
     Tadbirda mazkur tashabbuslar talabalarning xalqaro akademik tajribasini boyitish, xorijiy ta’lim standartlari asosida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Boshqa yangiliklar