WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
24 FevralFevralFevral 2026 11 ko'rishlar

Roma Tre universitetida muhandislik kafedralari va laboratoriyalari faoliyati bilan tanishildi

Roma Tre universitetida muhandislik kafedralari va laboratoriyalari faoliyati bilan tanishildi

Roma Tre universitetida muhandislik kafedralari va laboratoriyalari faoliyati bilan tanishildi

Rimda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Italiya  rektorlarining Ikkinchi forumi doirasida Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev va xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Ilhom Abdurahmanov Roma Tre Universityda bo‘ldi.

Delegatsiya universitetda muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan kafedralar va zamonaviy ilmiy laboratoriyalar bilan tanishdi.

Fuqaro muhandisligi, Kimyo muhandisligi, Fizika muhandisligi, Transport muhandisligi, Energetika muhandisligi, Mexanika muhandisligi hamda Robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha kafedralar va ularning ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi o‘rganildi.

Uchrashuvlar jarayonida tomonlar o‘zaro tajriba almashib, kelgusida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalqaro ilmiy maqolalar va loyihalar tayyorlash, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalarida kelishib oldi.

Boshqa yangiliklar