WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
06 IyulIyulIyul 2026 14 ko'rishlar

Toshkent davlat yuridik universitetining xalqaro reytingdagi yutuqlari e’tirof etildi

Toshkent davlat yuridik universitetida Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan e’lon qilingan “THE Sustainability Impact Ranking 2026” natijalarida universitet erishgan yutuqlarga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida universitetning xalqaro reytinglardagi navbatdagi muvaffaqiyati, ushbu natijalarning mazmun-mohiyati hamda oliy ta’lim sifatini xalqaro darajaga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Qayd etilganidek, “THE Sustainability Impact Ranking 2026” natijalariga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti dunyoning 1603 ta oliy ta’lim muassasasi orasida 401-o‘rinni egallab, dunyoning TOP-500 talik universitetlari qatoridan joy oldi.

Boshqa yangiliklar