04 MayMayMay 2024
5 ko'rishlar
Akademik va talabalar uchrashuvi
Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, Oliy majlis Senati aʼzosi, akademik Azamat Ziyo bilan uchrashuv tashkil etildi.
Universitet rektori ochib bergan ushbu tadbirda tarixchi olimlar, professor-oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Mazmunli kechgan uchrashuv davomida vatanparvarlik va fidoyilik kabi mavzularda suhbat olib borilib, akademik tomonidan talabalarga kerakli tavsiyalar berildi.