WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
22 IyunIyunIyun 2026 24 ko'rishlar

TerDU talabalari xalqaro “Eko-zakovat” musobaqasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi

Joriy yilning 6–9-iyun kunlari Samarqand shahrida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan “Eko-zakovat” xalqaro musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Ozarbayjon davlatlaridan kelgan jamoalar ishtirok etib, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, bioxilma-xillikni asrash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid bilimlari bilan bellashdilar.

Dastlab mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida saralash bosqichi o‘tkazilib, unda Termiz davlat universiteti jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va xalqaro bosqichda O‘zbekiston sharafini himoya qilish huquqiga ega bo‘ldi.

Xalqaro bosqichda TerDU jamoasi yuqori natijalarni qayd etib, musobaqaning mutlaq g‘olibi bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 2-o‘rin Qozog‘iston jamoasiga, 3-o‘rin esa Qirg‘iziston jamoasiga nasib etdi.
 
Boshqa yangiliklar