10 OktabrOktabrOktabr 2025
174 ko'rishlar
Nemis tilini o'qitish va o'rganish (DLL-Deutsch lehren, lernen) loyihasi
Toshkentdagi Gyote institutida "Nemis tilini o'qitish va o'rganish" (DLL-Deutsch lehren, lernen) loyihasi doirasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo'lib o'tdi.
Gyote instituti hamda Buxoro davlat universiteti, Andijon davlat chet tillar instituti, Qarshi davlat universiteti, Tojikiston davlat pedagogika universitetlari o'rtasida nemis tilini o'qitish bo'yicha ko'p yillik istiqbolli hamkorlik shartnomasi imzolandi. Tadbirda Buxoro davlat universiteti nomidan Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor A.T.Jo'rayev, Xorijiy tillar fakulteti dekani N.B.Ataboyev va Nemis filologiyasi katta o'qituvchisi S.S.Xudoyevlar ishtirok etdi.