WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
13 IyunIyunIyun 2025 60 ko'rishlar

Yoshlar bilan ishlash borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Qoʻqon davlat universitetida rektori Dilnoza Xodjayeva ishtirokida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda yoshlarga oid faoliyatning ustuvor yoʻnalishlari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Yigʻilishda birinchi prorektor Ahmadjon Husanov, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyati Kengashi raisi Alisher Anvarov, universitet Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Nozima Davletova ham ishtirok etib, yoshlar bilan ishlashdagi dolzarb vazifalar va ularni hal etish yoʻllari yuzasidan fikr almashdilar.

Muhokamada “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sogʻlomlashtirish hamda har tomonlama rivojlantirish boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirish, talaba-yoshlarni ommaviy tadbirlarga keng jalb qilish, muntazam ravishda maʼnaviy-maʼrifiy hamda sport tadbirlarini oʻtkazib borish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Boshqa yangiliklar