WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
18 AvgustAvgustAvgust 2026 26 ko'rishlar

Toshkent davlat yuridik universiteti ta’lim dasturlari Angliya ta’lim standartlari bo‘yicha xalqaro validatsiyadan o‘tdi

Xalqaro validatsiya — ta’lim dasturining xorijiy universitet tomonidan belgilangan akademik talablar va sifat standartlariga muvofiqligini tasdiqlovchi muhim jarayon. Toshkent davlat yuridik universitetida xalqaro standartlarga asoslangan yuridik ta’limni rivojlantirish yo‘lida ana shunday muhim natijaga erishildi.

  TDYU va Grinvich universiteti (University of Greenwich) hamkorligida amalga oshirilayotgan LLB (Hons) Law hamda LLM Law dasturlari xalqaro validatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tdi va ularni amalga oshirish rasman tasdiqlandi.

  Bu natija TDYUda Buyuk Britaniya ta’lim modeli va Grinvich universiteti akademik standartlari asosida xalqaro darajadagi yuridik ta’limni yo‘lga qo‘yish, talabalarga zamonaviy huquqiy bilim va kompetensiyalarni egallash uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim qadam hisoblanadi.

  Ayni paytda mazkur dasturlarga hujjat topshirish davom etmoqda:
 LLB English Law Top-up Programme — LL.B. dasturining 3-bosqichini tamomlagan talabalar hamda huquqshunoslik yo‘nalishi bitiruvchilari uchun;
LLM English Law Programme — huquq, bank ishi, moliya, biznes, davlat boshqaruvi va turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr darajasiga ega nomzodlar uchun mo‘ljallangan.

   Dasturlarda tahsil olishni istaganlar 30-avgustga qadar greenwich.tsul.uz/en havolasi orqali hujjat topshirishi mumkin.

  Batafsil ma’lumot uchun: +99877 293-26-53, +99870 164-46-64 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar