WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
02 IyulIyulIyul 2026 17 ko'rishlar

Toshkent davlat yuridik universiteti THE reytingida sifatli ta’lim bo‘yicha qariyb 200 pog‘ona yuqoriladi.

Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education (THE) tashkiloti tomonidan “Sustainability Impact Ranking 2026” natijalari e’lon qilindi. Reytingga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti dunyoning global reytingda 401-o‘rinni egallab, TOP-500 talikdan joy oldi. E’tiborlisi, yangilangan reytingda universitetimiz SDG 4 – Sifatli ta’lim yo‘nalishida 101–200-o‘rinni egallab, o‘tgan yilgi natijaga nisbatan deyarli 200 pog‘ona yuqoriladi. Mazkur natija orqali TDYU ushbu yo‘nalishda dunyoning eng yaxshi 200 ta universiteti qatoridan joy oldi.

Shuningdek, reytingning boshqa yo‘nalishlarida ham universitetimiz yuqori natijalarni qayd etdi:
— SDG 4 — Sifatli ta’lim: 101–200-o‘rin;
— SDG 5 — Gender tengligi: 101–200-o‘rin;
— SDG 8 — Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish: 101–200-o‘rin;
— SDG 16 — Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv: 201–300-o‘rin.

Mazkur natijalar universitetda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasidir. O‘quv dasturlarining xalqaro standartlarga moslashtirilishi, amaliyotga yo‘naltirilgan ta'lim tizimi, xorijiy universitetlar bilan qo‘shma dasturlar, xalqaro professorlarning dars berishi hamda ilmiy tadqiqotlarning rivojlantirilishi ushbu muvaffaqiyatning asosiy omillaridan bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar