Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Nankin audit universiteti hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni imzoladi.
Avval xabar qilinganidek, universitet delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Nankin audit universitetida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida delegatsiya Nankin audit universiteti Kengashi raisi Dong Birong xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-sonli “Davlat auditi va moliyaviy nazorat faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tomonlar davlat auditi sohasida hamkorlik qilish, qo‘shma akademik tadbirlar o‘tkazish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar olib borish, qo‘shma o‘quv rejalari ishlab chiqish hamda “Axborot texnologiyalari auditi” fanini joriy etish bo‘yicha kelishib oldilar. Uchrashuv yakunida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Nankin audit universiteti o‘rtasida “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Ushbu hujjat “Xitoy audit tajribasi” asosida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Mazkur hujjat ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda audit sohasida ilg‘or tajribalarni joriy etishga xizmat qiladi. Ma’lumot uchun: Nankin audit universiteti (NAU) Xitoyning Nankin shahrida joylashgan bo‘lib, dunyoda faqat audit yo‘nalishiga ixtisoslashgan yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. 1983-yilda tashkil etilgan universitetda bugungi kunda 20 000 dan ortiq talaba va 1 200 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Universitet tarkibida 20 dan ortiq fakultet va maktablar mavjud, jumladan Davlat auditi maktabi va Buxgalteriya hisobi maktabi. Xitoy Davlat audit boshqarmasi, Savdo vazirligi va Ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi ishtirokchilari uchun magistratura dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, NAU Ichki auditorlar instituti (IIA) tomonidan Osiyodagi yagona “Mukammallik markazi” sifatida e’tirof etilgan.
Avval xabar qilinganidek, universitet delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Nankin audit universitetida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida delegatsiya Nankin audit universiteti Kengashi raisi Dong Birong xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-sonli “Davlat auditi va moliyaviy nazorat faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Tomonlar davlat auditi sohasida hamkorlik qilish, qo‘shma akademik tadbirlar o‘tkazish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar olib borish, qo‘shma o‘quv rejalari ishlab chiqish hamda “Axborot texnologiyalari auditi” fanini joriy etish bo‘yicha kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Nankin audit universiteti o‘rtasida “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Ushbu hujjat “Xitoy audit tajribasi” asosida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Mazkur hujjat ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda audit sohasida ilg‘or tajribalarni joriy etishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun: Nankin audit universiteti (NAU) Xitoyning Nankin shahrida joylashgan bo‘lib, dunyoda faqat audit yo‘nalishiga ixtisoslashgan yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. 1983-yilda tashkil etilgan universitetda bugungi kunda 20 000 dan ortiq talaba va 1 200 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Universitet tarkibida 20 dan ortiq fakultet va maktablar mavjud, jumladan Davlat auditi maktabi va Buxgalteriya hisobi maktabi. Xitoy Davlat audit boshqarmasi, Savdo vazirligi va Ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi ishtirokchilari uchun magistratura dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, NAU Ichki auditorlar instituti (IIA) tomonidan Osiyodagi yagona “Mukammallik markazi” sifatida e’tirof etilgan.