“TalabaExpo – 2025” kasblar ko‘rgazmasi Jizzaxda
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajakka qadam” dasturi hamda “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida yoshlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan “TalabaExpo – 2025” kasblar ko‘rgazmasi boshlanish arafasida.
Mazkur muhim tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarning kelajak kasbiy yo‘nalishini belgilashda ko‘maklashish, ularni mehnat bozori talablariga mos ravishda tayyorlash, shuningdek, bandlik masalalarini hal etish va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishdan iboratdir.
Ko‘rgazma davomida:
viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi talabalari uchun turli sohalarga oid mutaxassisliklar va ish o‘rinlari taqdim etiladi;
biznes va startap loyihalar bo‘yicha yangi imkoniyatlar yoritib beriladi;
ishtirokchilarga ish bilan ta’minlash jarayonida amaliy maslahat va ko‘mak ko‘rsatiladi.