WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
07 IyulIyulIyul 2026 35 ko'rishlar

O'zbekiston va Italiyada magistraturada o'qib, ikkita diplomga ega bo'ling

SamATI Italiyaning Tushia universiteti bilan qo'shma magistratura dasturini yo'lga qo'ydi: talabalar O'zbekiston va Italiyada tahsil olib, har ikki muassasa diplomini oladi.

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Italiyaning Tushia universiteti bilan hamkorlikda qo'shma kampus tashkil etilgan edi. Ushbu hamkorlik doirasida endilikda magistratura bosqichida tahsil olishni istagan yoshlar ta'lim jarayonini O'zbekiston va Italiya davlatlarida olib borish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Qo'shma dastur doirasida magistraturaga qabul quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha amalga oshiriladi:

  • Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi (Organic Agriculture and Food Safety);
  • Bioiqtisodiyot (Circular Economy).

Dars mashg'ulotlari ingliz tilida olib boriladi. Ta'lim yakunida bitiruvchilarga har ikkala oliy ta'lim muassasasining diplomlari topshiriladi.

Murojaat uchun: +998 91 525 67 77, +998 91 545 04 56, +998 97 795 07 70.

Boshqa yangiliklar