WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
29 YanvarYanvarYanvar 2025 71 ko'rishlar

Talabalar "Men donorman" aksiyasida ishtirok etishdi.

Aniq va tabiiy fanlar fakultetining koʻngilli talaba-yoshlari, dekan oʻrinbosari va tyutorlari Qoʻqon shahar qon quyish boʻlimida insonparvarlik va mehr-oqibat gʻoyalarini keng targʻib qilishga qaratilgan "Men donorman" aksiyasida ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida talabalarga qon topshirishning foydali xususiyatlari, turli kasalliklarning oldini olishdagi ahamiyati haqida tushuncha berildi.

Shundan soʻng, jamiyatda sogʻlom turmush tarzi va insonparvarlik gʻoyalarini targʻib qilish, muhtojlarga koʻmak berish, bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida oʻtkazilgan tadbir doirasida 50 nafarga yaqin talaba koʻngilli ravishda qon topshirdilar.

Boshqa yangiliklar