WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
15 MayMayMay 2024 67 ko'rishlar

Termiz davlat universiteti talabalari Sejong universitetida o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi

Termiz davlat universitetida Janubiy Koreyadagi Sejong universiteti professori, vatandoshimiz Otabek Joʻrayev va talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda mazkur universitet imkoniyatlari, taʼlim yoʻnalishlari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlari, Sejong universiteti qabul jarayonlari, yangi mutaxassisliklar, taʼlim grantlari toʻgʻrisida taqdimot qilindi. 

Maʼlumot uchun, xalqaro THE reytingida 250, QS reytingida 436-oʻrinni egallagan Sejong universiteti elektronika va axborot, mehmonxona va turizmni boshqarish, raqs, animatsiya va badiiy gimnastika yo'nalishlarida mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha ajralib turadi.  

Shuningdek, uchrashuvda TerDU va Sejong universiteti o‘rtasida AI Finance MBA dasturini va talabalarimizni Sejong universitetida 6 oy yoki 1 yil davomida imtiyozli o‘qish dasturlarini yo'lga qo'yish  haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Boshqa yangiliklar