WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
06 MartMartMart 2026 4 ko'rishlar

Germaniyaning Münster universiteti talabalari UrDUda amaliyotni muvaffaqiyatli yakunladilar

Erasmus+ dasturi doirasida germaniyalik talabalar UrDUda bir oy davomida nemis tili mashg‘ulotlari o‘tdilar va maxsus muloqot klubini tashkil etishdi.

6-mart kuni Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida Germaniyaning Münster universitetidan tashrif buyurgan amaliyotchi talabalarning faoliyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Münster universiteti talabalari Anna Eyfert va Britta Desman Erasmus+ dasturi doirasida o‘tagan bir oylik amaliyotlari yuzasidan hisobot berdilar.

Amaliyot davomida germaniyalik talabalar quyidagi ishlarni amalga oshirdilar:

  • Fakultet talabalari uchun nemis tili va madaniyati bo‘yicha darslar o‘tdilar;

  • Talabalarning nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “German speaking club” muloqot klubini tashkil etishdi;

  • Roman-german filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilarining darslarini kuzatib, o‘zaro tajriba almashdilar.

Seminarda SES tashkiloti eksperti hamda kafedra jamoasi ishtirok etib, ushbu xalqaro amaliyot talabalarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidladilar.


Boshqa yangiliklar