WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
05 AprelAprelAprel 2025 67 ko'rishlar

Talabalar sportning turli yoʻnalishlarida oʻzaro bellashdi.

Qoʻqon davlat pedagogika instituti tasarrufidagi 1-sonli talabalar turar joyida institutning Sport klubi tashabbusi bilan talabalar oʻrtasida qiziqarli va murosasiz sport musobaqalari tashkil etildi.

Tadbirga institut Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Ahmadjon Husanov tashrif buyurib, sportning yoshlar salomatligi va jismoniy faolligini mustahkamlashdagi oʻrni haqida soʻz yuritdi hamda bellashuvlarda talabalarga omad tiladi.

Musobaqalar sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sportga boʻlgan qiziqishni oshirish va talabalar oʻrtasida doʻstona muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Turli sport turlari boʻyicha oʻtkazilgan bahslarda talabalar katta ishtiyoq va faollik bilan ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunida gʻolib va faol ishtirokchilar diplomlar hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va kelgusida bu kabi loyihalar yana koʻplab sportsevar talabalarni oʻz atrofiga jamlashiga ishonch bildirildi.

Boshqa yangiliklar