TalabagaQulaylik
Aniq va tabiiy fanlar fakultetida joylashgan sport zali zamonaviy talablar asosida toʻliq taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi. Taʼmirlash ishlari doirasida zalning ichki qismi tubdan yangilanib, zamonaviy yoritish va havo almashinuvi tizimlari, shuningdek, yangi sport anjomlari oʻrnatildi.
Bugun mazkur sport zalining ochilish marosimi tantanali ruhda oʻtdi. Unda institut va fakultet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, talabalar hamda mehmonlar ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar taʼmirlangan sport zali yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishlari, shu orqali sogʻlom turmush tarzini uchun muhim qadam ekanligini taʼkidlashdi.
Yangilangan sport majmuasi endi talabalarning sportga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish hamda turli sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish imkonini beradi.