WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
24 SentabrSentabrSentabr 2024 36 ko'rishlar

Sport. "Talabalar ligasi"ga start berildi!

Qoʻqon davlat pedagogika institutida sportning 9 ta turi boʻyicha oʻtkaziladigan "Talabalar ligasi" sport musobaqalarini shaxmat boʻyicha bellashuvlar boshlab berdi.

Koʻtarinki va doʻstona ruhda oʻtgan bahslar natijasi quyidagicha:

Oʻgʻil bolalar

1-oʻrin. M. Roʻziyev (Aniq va tabiiy fanlar fakulteti).
2-oʻrin. V. Abduxoliqov (Xorijiy filologiya fakulteti).
3-oʻrin. I. Muxtorov (Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti).

Qiz bolalar

1-oʻrin. N. Hakimjonova (Amaliy fanlar fakulteti).
2-oʻrin. O. Xolmirzayeva (Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti).
3-oʻrin. M. Mamadaliyeva (Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti).

Musobaqa sportning futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, gandbol, badminton, yengil atletika, milliy kurash turlari boʻyicha davom etadi.

Boshqa yangiliklar