WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
24 IyunIyunIyun 2026 10 ko'rishlar

ShHT Yosh olimlar forumida Shahrisabz davlat pedagogika instituti vakili ishtirok etdi.

Belarus Respublikasining Minsk shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Yosh olimlar forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda Shahrisabz davlat pedagogika instituti Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Xurshidjon Kaxramonov ishtirok etdi.

Forum doirasida X.Kaxramonov qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan:

Bashqird davlat pedagogika universitetining Yoshlar siyosati va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Yulbayev Radik Zinatovich;
 Belgorod davlat universitetining Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Sibulya Nikolay Sergeevich;
Qirg‘iziston Respublikasi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Muratova Aygul Kalchakeeva;
 hamda SHHTga a’zo davlatlarning boshqa oliy ta’lim va ilmiy muassasalari vakillari bilan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
 

Boshqa yangiliklar