#Maʼrifat_ulashib
Ma’lumki, yurtimiz bo‘ylab yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi respublikamizdagi barcha ilm dargohlarida keng o‘tkaziladi.
Bugun loyiha doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi bosh mutaxassisi Risolat Haydarova, Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari Dilshoda Ergasheva hamda falsafa fanlari doktori, professor Adhamjon Alimbekovlar Qo‘qon davlat pedagogika institutida mehmon bo‘ldilar.
Mehmonlar bilan uchrashuv chog‘ida ushbu loyihaning bugungi kundagi dolzarbligi haqida, adabiyot, badiiy ijod, kitobxonlikni yoshlar hayotidagi o‘rni, talabalar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini shakllantirish, ularni ilm olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish borasida so‘z yuritildi.
Uchrashuvdan so‘ng, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ijodkorlar bilan oliygoh hududida yangi ko‘chatlar ekildi.